“Barselona” qiyin gʻalabaga erishdi
Kecha, 18-oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 9-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Barselona” klubi oʻz maydonida “Jirona”ni qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 3-daqiqada Pedri tomonidan ochildi. Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamalning uzatmasidan soʻng raqib darvozasini ishgʻol etdi.
Oradan 7 daqiqa oʻtib, “Jirona” hisobni tenglashtirdi. Arnau Martinesning uzatmasidan soʻng Aksel Vitsel jamoasining ushbu oʻyindagi yagona golini kiritdi.
Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Ronald Arauxo jamoasining gʻalaba golini kiritdi. Yakuniy hisob — 2:1, Kataloniya klubi foydasiga.
“Barselona” — “Jirona” 2:1
Gollar: Pedri (13), Arauxo (90+3) — Vitsel (20).
“Barselona”: Shesni, Balde (Martin, 76), Kubarsi, Pedri (Kristensen, 64), Yamal (Barji, 64), Reshford, Kasado (Arauxo, 82), De Yong, Kunde, Garsiya, Fernandes (Fermin, 46).
“Jirona”: Gassaniga, Rinkon, Roka (Asprilla, 69), Arnau (Kuruma, 80), Portu (Sigankov, 63), Reys, Blind, Vanat (Stuani, 69), Vitsel, Xil (Solis, 63), Moreno.
Ogohlantirishlar: Stuani (75), Moreno (85), Arauxo (90+5).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring