“Barselona” oʻrtoqlik oʻyinida Osiyo jamoasini magʻlub etdi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi bugun Seul shahrida Janubiy Koreya chempionati vakili “Seul FK” jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
2002-yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan “Seul World Cup” stadionida boʻlib oʻtgan bahs Hans Flik shogirdlarining 3:7 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

“Barselona”dan gollarga Lamin Yamal (3 ta), Ferran Torres (2 ta), Andreas Kristensen, Robert Levandovskiy va Gavi mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, “koʻk-anor ranglilar” yangi mavsumni 16-avgust sanasida “Malyorka” klubiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring