“Barselona” “Manchester Siti” futbolchisini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi
Ispaniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni sotib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, “koʻk-anorranglilar”ning 2026-yildagi asosiy transfer maqsadi aynan Holand boʻladi.
Bu yoʻlda jamoa oʻz futbolchilari Fermin Lopes, Dani Olmo va Ronald Arauxoni sotishga tayyor. Aytilishicha, “Barselona” Erling uchun “Manchester Siti”ga 180 million yevro toʻlashi mumkin.
Maʼlumot uchun, Erling Holand 2020-yilning yanvar oyida “shaharliklar”ga Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubidan 60 million yevro evaziga kelib qoʻshilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring