“Barselona” yirik gʻalabaga erishdi
Kecha, 15-mart kuni Ispaniya La Ligasining 28-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Kataloniyaning “Barselona” jamoasi oʻz maydonida “Sevilya” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 5:2 hisobida Xans Flik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 9-daqiqada penaltidan ochildi. Golga Rafinya mualliflik qildi. 22-daqiqada “Barselona” yana penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu imkoniyatdan Rafinya yana unumli foydalandi. 38-daqiqada Dani Olmo mezbonlarning uchinchi golini kiritdi.
Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqalarida Oso hisobni qisqartirdi. Birinchi boʻlim 3:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida Rafinya oʻyindagi uchinchi golini urdi. 60-daqiqada Joau Kanselu hisobni 5:1 koʻrinishiga keltirdi. Ikkinchi boʻlim soʻnggida Jibril Sov hisobni qisqartirdi. Shu tariqa oʻyin 5:2 hisobi bilan yakunlandi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Barselona” jamoasi La Ligada yaqqol karvonboshilik unvonini mustahkamladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring