“Barselona” futbolchisida 26-marta koronavirus tasdiqlandi

09:16 05 Fevral 2021 Dunyo
763 0

Ispaniyaning “Barcelona” klubi yarim himoyachisi Serxio Roberto 26 marotaba koronavirusga qarshi test topshirdi va barcha holatda unda kasallik tasdiqlandi.

“Football Espana” nashrining yozishicha, futbolchi ikki oy davomida maydonga tushmagan. Boshida jarohat uni bezovta qilgan boʻlsa, keyin koronavirus yuqtirib olgan.

28 yoshli futbolchi noyabr oyida koronavirus bilan zararlangani maʼlum boʻlgan. Belgilangan muolajalardan keyin u 26-marta koronavirusga test topshirgan va barchasida unda kasallik tasdiqlangan. Serxioning 27 bor topshirgan testida uning infeksiyadan forigʻ boʻlgani maʼlum boʻlgan.

2020-yil 21-noyabridan beri maydondan tashqarida boʻlgan futbolchi 2021-yil 31-yanvar kuni Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida “Atletik”ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер