Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun qanday yechimlar yaratilmoqda?
Foto: TXVU Axborot xizmati
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yechimlar yaratish” mavzusidagi talabalar tadqiqot jamiyati konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyaning asosiy maʼruzachisi sifatida Avstraliyaning Monash barqaror rivojlanish instituti, Iqlim ishlari markazi va Siyosiy yetakchilik boʻyicha MakKinnon instituti raisi, professor Jon Tueyts taklif etildi.
Ushbu ilmiy anjuman Oʻzbekistonda biznes, menejment, iqtisodiyot, moliya, sogʻliqni saqlash, kompyuting, xalqaro huquq, taʼlim, tilshunoslik va boshqa tegishli fanlar boʻyicha ilmiy izlanish olib borayotgan bakalavriat va aspirantura talabalarini birlashtirib fikr almashishiga zamin yaratishga qaratilgan.
Konferensiya davomida saralab olingan bir necha eng asosli ilmiy ishlar Angliyaning Vestminster universiteti tomonidan chop etiladigan Buyuk Ipak Yoʻli: Yevroosiyo Rivojlanish jurnalida chop etiladi.
Konferensiya talabalarga olib borayotgan tadqiqotlarini boshqa talabalar va bir qator universitetlar katta tadqiqotchilari hamda xususiy va davlat sektoridagi manfaatdor tomonlarga taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, bu anjuman talabalarning xalqaro ilmiy tadbirlarda qatnashish va gʻoyalarini taqdim etishdek akademik tajribasini oshirish imkoniyatini yaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring