“Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilari xalqaro festivalda munosib ishtirok etdi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining “Zamin” bolalar folklor ansambli aʼzolari joriy yilning 25-iyundan 2-iyulga qadar Ispaniyaning Kalelya shahrida boʻlib oʻtgan “GRAND CALELLA FOLK" xalqaro festivalida ishtirok etdi.
Dunyoning 15 dan ortiq mamlakati folklor jamoalari ishtirok etgan mazkur festivalda mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlarini oʻzida mujassam etgan chiqishlar jahon sanʼat ixlosmandlarini hayratda qoldirdi.
Festival yakunlariga koʻra, yurtimiz nomidan qatnashgan 8 nafar ishtirokchi xalqaro miqyosdagi diplomlar bilan taqdirlandi.
“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining “Zamin” bolalar folklor ansambli aʼzolari joriy yilning 7-iyul kuni mamlakatimizga qaytadi.
Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchilarimizni ushbu gʻalaba bilan muborakbod etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring