Banklarning kapitallashuv darajasi yanada oshadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Xususan, banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard soʻmgacha oshirish hamda norezidentlarga bank aksiyalarini sotib olishga boʻlgan taqiqni saqlagan holda, ularning aksiyadorlari va benefitsiarlari uchun mazkur taqiq bekor qilish belgilanmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini koʻpaytirishga, bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish hamda banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi vakillari tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring