Bangladeshda 140 milliondan ortiq aholi elektr taʼminotidan uzildi

22:13 04 Oktyabr 2022 Dunyo
1155 0

Foto: Reuters

Bangladeshda 140 milliondan ortiq odam tizimda yuz bergan avariya tufayli elektr taʼminotisiz qoldi.

Bangladeshning sharqiy qismida sodir boʻlgan yirik avariya natijasida mamlakatning 140 million nafardan ortiq aholisi  elektr taʼminotidan uzilib qoldi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Bangladesh energetikani rivojlantirish davlat kengashi rasmiylari davlatning deyarli butun hududiga taʼsir koʻrsatgan elektr energiyasini uzatishda keng koʻlamli nosozliklar yuz berganini eʼlon qilgan. Avariya natijasida mamlakatdagi barcha yirik elektr stansiyalari oʻchirilgan. Dakka va boshqa yirik shaharlar uzatish quvvati tushib ketgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер