Banan importi 24,2 ming tonnaga oshgan
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 40,2 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,2 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
— Ekvador – 39,6 ming tonna;
— Qozogʻiston – 258 tonna;
— Turkiya – 197 tonna;
— Hindiston – 61 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring