“Baxtli hayotimiz uchun ovoz berdik!”
Foto: Халқ сўзи
- Bugun Dilafroʻz bilan turmush qurganimizning ilk kuni! Mustaqil hayotimizni saylovda ovoz berish bilan boshladik. Boisi, bugungi jarayon biz uchun judyam muhim! Axir ming bir orzular bilan oila qurdik, kelajak orzularimiz ham bir dunyo! Ularning amalga oshishi bevosita davlatimiz kelajagi bilan bogʻliq. Shu bois ham Prezidentlikka saylovda faol qatnashish fuqarolik burchimizdir. Shularni yurakdan his etgan holda oʻzimiz istiqomat qilayotgan Qoʻrgʻontepa tumanidagi 866-saylov uchastkasida boʻlib, oʻzimiz uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdik!
Sarvarbek BOTIROV,
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring