Bayram kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlaydi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 31-avgust hamda 1,2,3-sentyabr dam olish kunlari sifatida eʼlon qilingan edi. Shu munosabat bilan “Toshkent metropoliteni” bayram kunlari qay tartibda harakatlanishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Toshkent metrosi yoʻnalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
2024-yil 31-avgust va 1-sentyabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, 2,3-sentyabr kunlari esa, metro poyezdlari dam olish kunlari uchun moʻljallangan jadval asosida harakatlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring