Bayram kuni ob-havo qanday boʻladi?
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” bayram kuni va dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 6-iyun, Qurbon hayiti kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7-iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. 6-iyunda shimolda, janubda va choʻl hududlarda, 7-iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat 28-33 darajagacha, yomgʻir paytida 25-27 darajagacha pasayadi.
8-iyunda Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi va harorat 2-3 darajaga koʻtariladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 5—6-iyunda ayrim joylarda baʼzida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 6-iyunda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 33 daraja atrofida boʻladi. 7-iyunda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 27-29 daraja boʻladi. 8-iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 33-35 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring