Bayden Tramp va Putin suhbatlarining yashirin tafsilotlarini bilishni xohlamoqda

17:17 10 Fevral 2021 Dunyo
1174 0

AQSH prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi davlat rahbari Donald Trampning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan suhbatlarining yashirin tafsilotlari haqida bilishni istamoqda. Bu haqda “Politico” nashri oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oq uyning sobiq egasi Putin bilan suhbatlarining tafsilotlarini atrofdagilar bilan boʻlishmagan. Shu bois Tramp va Putin oʻrtasidagi oʻnga yaqin muzokaralarning detallari sir boʻlib qolmoqda.

Amaldagi prezident maslahatchilari respublikachi (Donald Tramp) biror maxfiy axborotni oshkor qilganmi yoki Rossiya prezidenti bilan yangi maʼmuriyatni tang ahvolga soladigan biror maxfiy bitim tuzganmi, degan savolga aniqlik kiritishmoqchi.

“Bu [yozuvlar] bilan tanishish uchun bizning ruxsatimiz kerak emas. Suhbatdagi barcha materiallar Baydenga tegishli”, deydi Tramp davrida Oq uyda xizmat qilgan sobiq xodimlardan biri.

Nashrga koʻra, Tramp chet el rahbarlari bilan shaxsiy suhbatlarining tafsilotlarini qatʼiy sir tutgan va maʼlumotlar oshkor qilinmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan.

Biroq taʼkidlanishicha, sobiq AQSH rahbari Putinga kamdan-kam hollarda u ilgari oshkora aytmagan soʻzlarini aytgan.

Sobiq amaldorlardan birining soʻzlariga koʻra, Tramp va Putinning suhbatlarini tinglash koʻpincha “barda gurunglashayotgan ikki doʻstni tinglash kabi tuyulgan”, deydi Trampning koʻplab qoʻngʻiroqlari va Putin bilan uchrashuvlarini tarjima qilgan Marina Gross.

Manbaga koʻra, qoʻngʻiroqlar yozib olinmagan. Biroq prezidentning baʼzi yordamchilari muzokaralarni tinglashgan va suhbat tafsilotlarini yozib olishgan. Ushbu maʼlumotlar AQSH Milliy arxiviga topshirilgan, ularni Bayden maʼmuriyati bemalol olishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер