Bayden Guantanamodagi qamoqxonani yopmoqchi. Obama ham bunga urinib koʻrgandi

00:29 13 Fevral 2021 Dunyo
1426 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Guantanamodagi maxsus qamoqxonani yopmoqchi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbasiga koʻra, Oq uy ushbu muassasaning kelajagi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishni boshlagan. Taʼkidlanishicha, uning kelgusi taqdiri toʻgʻrisidagi hujjat yaqin haftalar yoki oylarda imzolanishi mumkin.

AQSHning Kubadagi harbiy bazasida joylashgan ushbu qamoqxona 2002-yilda tashkil etilgan va u xalqaro terrorchilar uchun moʻljallangan.

Mamlakatning 44-prezidenti Barak Obama ham Guantanamodagi qamoqxonani yopib, mahbuslarni boshqa mamlakatlarga koʻchirmoqchi boʻlgan edi. Biroq, 2018-yilda AQSH prezidenti Donald Tramp uning ushbu qamoqxonani yopish haqidagi farmonini bekor qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер