Bayden 2022 yilda qochqinlarni qabul qilish limitini ikki baravar oshirdi

04:12 09 Oktyabr 2021 Dunyo
1030 0

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden 2022 moliyaviy yilida qochqinlarni qabul qilish chegarasini ikki baravar oshirib, bu ko‘rsatkich 125 ming kishini tashkil etishini maʼlum qilgan.

Bu haqda Oq uy rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Men o‘z vakolatimdan kelib chiqib, quyidagi harakatlarga ruxsat beraman: 2022 moliyaviy yilida AQSHga qochqinlarni qabul qilish chegarasini 125 ming kishiga yetkaziladi hamda bu insonparvarlik yoki boshqa hollarda milliy manfaat nuqtai nazaridan asoslanadi", dedi Jo Bayden.

Bungacha qochqinlarni qabul qilish chegarasi 62,500 kishi etib belgilangan edi.

Oldinroq o‘tkazilgan so‘rovda amerikaliklarning yarmi prezident Jo Bayden faoliyatini maʼqullashi maʼlum bo‘lgan edi.

Tadqiqot mualliflari Baydenning reytingini tushib ketishini AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqilishi, Texasdagi qochqinlar билан bog‘liq inqiroz va koronavirus epidemiyasi tufayli vaziyatning yomonlashuviga bog‘lashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер