Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Arxiv foto
Professional boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO) o‘zining navbatdagi jangini nigeriyalik Onoriode Ehvariemega (20-2, 19 KO) qarshi o‘tkazadi.
Jang 26-avgust kuni AQSHning Oklahoma shtati Tulsa sharidagi Hard Rock Casino majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov yaqinda Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Bu uning yangi promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomidagi ilk jangi bo‘ladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring