Bahodir Qurbonov OʻFA prezidenti etib saylandi
Foto: OʻFA
Bugun, 22-fevral kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida navbatdan tashqari saylov kongressi boʻlib oʻtdi.
Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surildi.
Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Maʼlumot uchun, bunga qadar mazkur lavozimda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati sobiq rahbari Abdusalom Azizov ishlab kelayotgan edi. Soʻnggi oyda esa OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bu vazifani bajarayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring