BAA Oʻzbekistonga havo qatnovlarini amalga oshiradi. Ilk samolyot bugun Toshkenga qoʻnadi

16:31 04 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1022 0

“Uzbekistan Airports” AJ muzokaralari Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan havo qatnovi toʻgʻrisidagi kelishuvi bilan nihoyalandi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

“Uzbekistan Airports” AJ axborot xizmati xabariga koʻra, oʻzaro kelishuvga binoan “Air Arabia Abu-Dabi LLC” aviakompaniyasi Sharja — Toshkent —Sharja yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Bugun 4-noyabr kuni soat 19:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga mazkur aviakompaniyaning ilk samolyoti qoʻnishi kutilmoqda.

Hamkor aviakompaniya Oʻzbekistonga oʻz parvozlarini Airbus-320-214 va Airbus-321-251NX havo kemalarida amalga oshirishini maʼlum qilgan.

Yangi reysni kutib olish jarayonida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil qilinadi.

“Air Arabia” aviakompaniyasi endilikda «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yoʻnalishi boʻyicha ham yoʻlovchilar tashish yuzasidan kelishuvga erishish niyatini bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, “Air Arabia” Birlashgan Arab Amirliklarining byudjet aviakompaniyasi hisoblanadi. Yaʼni aviakompaniya tejamkor, hamyonbop, hammabopligi bilan alohida nufuzga ega. Bosh qarorgohi Sharja shahrida joylashgan. “Air Arabia” yoʻlovchi tashish boʻyicha dunyoning 89 mamlakatga 170 yoʻnalishda oʻz parvozlarini amalga oshirib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер