BAA 17-martdan viza berishni toʻxtatadi. Faqat...
Foto: www.google.com
Birlashgan Arab Amirliklari 17-martdan boshlab diplomatik pasport egalaridan tashqari barchaga viza berishni toʻxtatadi. Bu haqda mamlakat roʻyxatdan oʻtkazish va fuqarolik boʻyicha federal boshqarmasi xabar berdi.
“BAA ehtiyot chorasi va JSSTning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalari doirasida 17-martdan diplomatik pasport egalaridan boshqa barcha uchun har qanday turdagi vizalar berishni toʻxtatadi“, — deb xabar beradi Amirlik yangiliklar agentligi.
Qaror chiqquniga qadar viza olishga ulgurgan shaxslarga mazkur qaror taalluqli boʻlmaydi.
Qayd etilishicha, koronavirus keng miqyosda tarqalgan mamlakatlarda odamlarda mamlakatni tark etishidan oldin kasallikni aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyilmaguniga qadar ushbu qaror amalda boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring