Aziz Abduhakimov Turizm va madaniy meros vaziri, Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga maʼqullandi

17:31 18 Fevral 2022 Siyosat
2763 0

2022-yil 18-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari –Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini koʻrib chiqdilar va maʼqulladilar.

Shundan soʻng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikramov nomzodini koʻrib chiqdilar va maʼqulladilar.

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер