Aziz Abduhakimov Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi

13:20 02 Oktyabr 2023 Siyosat
287 0

27-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi. 

Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kutib oldi.

Tashrifdan maqsad Oʻzbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlangan qator uchrashuvlar oʻtkazishdan iborat. Shuningdek, XXR madaniyat va turizm vaziri “Xitoy madaniyati kunlari” doirasidagi gala-konsertda ishtirok etib, Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi turizm maskanlariga tashrif buyuradi.

Maʻlumot uchun, “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligini munosabati bilan 28-oktabr kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” Oʻzbekiston-Xitoy madaniy almashinuv koʻrgazmasi ochiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Xu Xepin BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazadi.

Taʻkidlash joizki, Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik keyingi yillarda barcha sohalarda sezilarli darajada faollashgan. Xususan, Xitoydan Oʻzbekistonga charter reyslari yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston nufuzini Xitoy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi, qoʻshma tadbirlar oʻtkazildi va muhim hujjatlar hamda memorandumlar imzolandi. 

Turizm sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida 2023-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekistonga Xitoydan 21 mingdan ortiq sayyoh kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер