Valyutaviy svop operatsiyalar qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Ushbu o‘zgarishlarga asosan, valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda so‘m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan kurs bo‘yicha emas, tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra erkin belgilanishi tartibi o‘rnatildi.
Shuningdek, valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida taraflar ularning xohishiga ko‘ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkinligi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, valyutaviy svop operatsiyasi bu bitimda belgilangan muddat va valyuta kursi bo‘yicha hisoblashish sharti asosida valyutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish bo‘yicha ikki tomonlama bitimdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring