Ayollar nega jinoyatga qoʻl urmoqda?
Bosh prokuratura yigʻilishida ushbu masalalar ham koʻrib chiqildi. Qayd etilganidek, Xotin-qizlar qoʻmitalarining huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyati kutilgan samarani bermayapti.
Ayollar tomonidan 11 ta bosqinchilik, 38 ta qotillik, 75 ta ogʻir tan jarohati yetkazish, 484 ta oʻgʻrilik va 202 ta giyohvand moddalar muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlarga qoʻl urilgan.
Masalan, Koson tumanida yashovchi, ogʻir ahvoldagi, kam taʼminlangan 25 yoshli Z. oʻzining yangi tugʻilgan chaqalogʻini onasi bilan birga 5 mln. soʻmga sotayotganda ushlandi.
Z. ham, uning onasi ham kam taʼminlangan, koʻp yillardan buyon ishsiz boʻlsada, ularni ish bilan taʼminlash, hayot tarzini oʻrganish choralari koʻrilmagan.
Tergov davomida Z. farzandi ogʻir sharoitda voyaga yetishini xohlamaganligi sababli uni sotishga qaror qilganligini koʻrsatgan.
Rahim Sherqulov, “Xalq soʻzi onlayn”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring