“Ayol qalbi” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi

10:59 05 Mart 2022 Jamiyat
1405 0

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Poʻlatovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining katta premyerasi oʻtkazildi. 

Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

Premyera avvalida Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi faollari barcha ayol kinoijodkorlarni bayram bilan tabriklab, ularga sovgʻalar ulashildi. Soʻngra, sahnaga film ijodkorlari taklif qilinib, jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Tabriklardan keyin tomoshabinlar uchun Tokio — 2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni Safiya Burxanova haqidagi “Matonat maktabi” qisqa metrajli hamda “Ayol qalbi” badiiy filmlari namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер