Avtomashinalar endi jarima maydoniga qoʻyilmaydimi?

13:17 08 Sentyabr 2020 Jamiyat
1674 0

“Mening fikrim” veb-portaliga fuqarolardan Avtotransport vositasining sugʻurtasi yoʻqligi tufayli avtotransport egasiga maʼmuriy jarima qoʻllagan holda avtotransport vositasini jarima maydoniga qoʻyish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif bilan murojaat qilingan va mazkur murojaat portalda 10 000dan ortiq ovoz toʻplagan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ushbu murojaatdan kelib chiqib, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasiga tegishli oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi yonida boʻlmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositasini ushlab turishni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning fikriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan avtotransport vositasining sugʻurta polisi yoʻqligi uchun transport vositalarini ushlab turish amaliyotining bekor qilinishi oqibatida bunday qoidabuzarlik holatiga nisbatan jazo bazasini qisqartirish hamda fuqarolarning mulkka boʻlgan huquqlarini kuchaytirish hamda bu orqali korrupsiogen holatlarining oldini olish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер