Avstraliyada samolyot timsohlar bilan toʻla boʻlgan daryoga qulab tushdi
Arxiv foto
Avstraliyada yengil motorli samolyot timsohlar bilan toʻla boʻlgan daryoga qulab tushdi.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, halokat 12-yanvar, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 10:20 atrofida sodir boʻlgan. Samolyot Darvin shahridan 60 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Middle Point qishlogʻida joylashgan toʻgʻonga qulagan. Samolyot bortida 63 yoshli uchuvchi va 29 yoshli yoʻlovchi boʻlgan.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilar halokatga uchragan samolyotdan avvaliga “jarohatlanmagan yoʻlovchini, keyin esa uchuvchining jasadini” chiqarib olishgan.
Shu yilning 29-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahridan Janubiy Koreyaning Muan shahriga uchayotgan “Boeing 737-800 7C2216” samolyoti halokatga uchragandi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashib ketgan, keyinroq uning qoʻnish moslamasi ishlamay qolgan. Shu sababli kema qoʻnayotganda panjaraga urilgan va yonib ketgan edi. Bortdagi 181 kishidan faqat ikki nafar styuardessa omon qolgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring