“Avliyo Sofiya”ning bosh imomi tayinlandi
Istanbulning ramzi “Avliyo Sofiya” masjidining bosh imomi etib millati boʻyicha bosniyalik Ferrux Mushtuer tayinlandi. U 24-iyul juma namoziga imomlik qiladi.
Ferrux Mushtuer 1971-yilda Turkiyada bosniyaliklar oilasida tugʻilgan. Bosniya tilini yaxshi biladi .
2006-yildan 2010-yilgacha Avstriyada ishlagan, 2013-yilda esa Quvaytda boʻlib oʻtgan xalqaro Qurʼon qiroat musobaqasida qatnashgan.
Oilali, uchta farzandi bor.
Eslatib oʻtamiz, 10-iyul kuni Turkiya hukumati “Avliyo Sofiya”dan muzey maqomini olib, uni masjidga aylantirishga qaror qilgan edi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring