“Audi”dagi 105 kunlik “bayram” tugadi

15:08 23 Avgust 2019 Jamiyat
897 0

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

“ Xususan, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida xorijiy fuqaro S.N. tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona posti orqali qaytarib olib chiqish majburiyati bilan mamlakatimizga olib kirilgan “Audi” rusumli avtomashinani fuqaro S.A. oʻz ehtiyojlari yuzasidan noqonuniy tarzda boshqa davlat raqami belgisini taqib olib haydab yurgani maʼlum boʻldi.

Qonunbuzar fuqaro majburiyatnoma talablariga zid ravishda 105 kun avtomashinani mamlakat hududida noqonuniy tarzda boshqarganligi va natijada 27 million soʻm miqdorda bojxona toʻlovlarini toʻlamaganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер