“Atletiko Madrid” soʻnggi daqiqalarda gʻalabani ilib ketdi
28-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 26-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Tur doirasida “Atletiko Madrid” safarda “Real Ovyedo” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joizki, liga debyutanti va musobaqa jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turgan “Real Ovyedo” butun oʻyin davomida raqibiga munosib qarshilik koʻrsata oldi.
Biroq 90+4 daqiqada “matraschilar” gʻalabani ilib ketdi. Uchrashuvdagi yagona golga Xulian Alvares mualliflik qildi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Atletiko Madrid” ochkolari sonini 51 taga yetkazib, musobaqa turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring