Atlantadagi hayvonot bogʻida maymunlarning ommaviy koronavirus bilan zararlanishi qayd etildi
Foto: BBC
AQSHning Atlanta shahridagi hayvonot bogʻida saqlanayotgan 13 ta gorillada koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Dastlabki taxminlarga koʻra, jonivorlarga virus kasallik alomatlari sezilmagan bogʻ xizmatchisidan yuqqan boʻlishi mumkin.
"The Guardian" nashrining yozishicha, hayvonlar yoʻtalishni boshlagan. Ularda burun oqishi kuzatilib, ishtaha yoʻqolgan. Olingan sinov natijalariga koʻra, 20 ta gorilladan 13 tasi "COVID-19" bilan zararlangani maʼlum boʻlgan.
Hozirda hayvonot bogʻi xodimlari kasal jonivorlarning ahvolini kuzatib bormoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, infeksiyadan 60 yoshli gorilla yoshi tufayli koʻproq zarar koʻrishi mumkin.
Tiklanishdan keyin hayvonlar maxsus vaksina emlanadi. Yaqin kunlarda bogʻdagi orangutanlar, yoʻlbarslar, sherlar va boshqa jonivorlarga vaksina qilinishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring