“AstraZeneca” vaksinasi bilan emlangan “BBC” jurnalisti vafot etdi
“BBC Newcastle”da faoliyat olib borgan radioboshlovchi “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganidan soʻng vafot etdi, deb yozmoqda “The Independent”.
44 yoshli Liza Shouning oila aʼzolari aytishicha, emlashdan bir hafta oʻtgach, u qattiq bosh ogʻrigʻiga duch kelgan. Shundan soʻng Shouning ahvoli yomonlashdi va kasalxonaga yotqizildi. U yerda qon quyuqlashishiga qarshi muolaja olgan. Shifokorlar barcha urinishlarga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan.
Bi-bi-si Shouning oʻlimi boʻyicha tergov boshlanganini ham tasdiqladi. Uning oʻlimining mumkin boʻlgan sabablari orasida “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlashdan keyingi asoratlar" ham bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring