Asosan yoshlar ishtirok etgan “El Klassiko”da “Barselona” “Real”ni yutdi
Yevropaning mashhur klublari AQSHdagi oʻrtoqlik oʻyinlarini davom ettirmoqda. Ispaniyaning eng mashhur klublari “Real Madrid” va “Barselona” oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi.
Asosan, oʻrinbosarlar tarkibidan jalb etilgan yoshlar oʻynagan bahsda “Barselona” “qirollik klubi”ni 1:2 hisobida magʻlub etdi.
Gollarga Kataloniya klubi safida Pau Viktor 42 va 54 daqiqalarda mualliflik qilgan boʻlsa, madridliklar safida Niko Paz 82 daqiqada javob berdi.
Oʻrtoqlik uchrashuvi
4-avgust, yakshanba
“Real” — “Barselona” 1:2
Gollar: 0:1 – 42 Viktor, 0:2 – 54 Viktor, 1:2 – 82 Paz.
“Real Madrid”: Kurtua, Fran Garsiya (Obrador, 68), Ryudiger (Ramon, 68), Militao (Martinez Lozano, 57), Vaskes, Sebalyos (Aguado Herrera, 77), Martin, Modrich, Braim Dias (Vinitsius Junior, 57), Gyuler, Endrik (Paz, 68).
“Barselona”: ter Stegen (Penya, 65), Balde (Martín Langreo, 46), Martines (Faye, 65), Kristensen (Dominguez Viloria, 46), Vale (Fort, 65), Bernal Kasas (Gyundogan, 77), Kasado (Darvish, 77), Ernandes (Xunent, 46), Torre (Fernandez Kasino, 64), Viktor (Rafinya, 65), Levandovski (Roke, 77).
Ogohlantirishlar: Bernal Kasas (67), Martin (76), Ramon (90), Fernandez Kasino (90+2).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring