Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 mln kVt/soat elektr ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
“Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri ikkinchi tarmog‘ini qurishni jadallashtirish, 8 ta tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xalqaro hamkorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod qurilishi, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, 1 ming 760 ta quduq atrofidagi bo‘sh yerlarga 50 megavattli quyosh panellari o‘rnatib, ichimlik suvi tannarxini pasaytirish taklifi ma’qullandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring