Asakada avtomobillar uchun zaruriy butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Asaka tumanida “Adm Electronics“ korxonasi oʻz faoliyatini boshladi. Bu yerda avtomobillar uchun elektr jihozlari, magnitofon, ovoz beruvchi moslama, antenna va boshqa zaruriy butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. 3,2 gektar maydonda barpo etilgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 1 million dollarni tashkil etadi.
— Hozircha korxonamizda 300 kishi mehnat qilmoqda, — deydi mutaxassis Baxtiyorjon Foziljonov. — Yil yakuniga qadar yana 3 million dollarlik loyiha ishga tushirilgach, yangi ish oʻrinlari soni 1200 taga yetadi.
Mahsulotlar yuqori sifat darajasiga ega boʻlishi uchun korxona eng zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. Ishchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha mahorat mashgʻulotlari tashkil etildi. Natijada bir yilda 33 million dollarlik tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring