Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev misrlik raqibiga birorta ochko bermasdan magʻlub etdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkaklar oʻrtasidagi boks bahslarida qatnashayotgan sportchimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”dagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab oldi.
Umidli bokschimiz 71 kg vazn toifasida Misr boks jamoasining eng ishonchli vakillaridan biri Omar Elavadi qarshi bahs olib bordi va 5:0 hisobida mutlaq ustunlik bilan gʻalaba qozondi.
Asadxoʻjaning keyingi jangi 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolay Terteryan (Norvegiya) juftligi gʻolibi bilan yarim final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring