“Arsenal” London derbisida gʻalaba qozondi
Kecha, 14-yanvar kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasining ikkinchi yarim final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda “Chelsi” klubi oʻz hamshahari “Arsenal” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 3:2 hisobida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Martin Zubimendi, Viktor Gyokeresh va Ben Uayt mualliflik qildi. Mezbonlarning javob gollari esa Aleksandro Garnacho hisobiga yozildi.
Shu tariqa “Arsenal” klubi dastlabki yarim finalda gʻalaba qozonib, finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega boʻlib oldi.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob bahsi 3-fevral sanasida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring