“Arnold klassik” festivalida sambochilarimiz oltin medallarga sazovor boʻlishdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
“Arnold klassik” Butunjahon multisport festivali doirasida sambo boʻyicha turniri boʻlib oʻtdi. Unda AQSH va Oʻzbekiston sambochilari ishtirok etishdi.
“Arnold klassik” sport festivali 1988-yildan buyon mashhur kinoaktyor Arnold Shvarsnegger tomonidan bodibilding boʻyicha tashkil etib kelinardi. Yillar oʻtib ushbu tanlov multisport festivaliga aylandi va unda bir qator sport turlari, shu jumladan sambo boʻyicha ham bellashuvlar tashkil etilmoqda.
Ushbu musobaqada oʻzbekistonlik sambochi yigitlar ham ishtirok etishdi. Toshkentdagi jahon chempionati ishtirokchisi Elyor Serikbayev, shuningdek, Muhammadnozim Shukurov, Jamoliddin Qurbonov va Sherbek Roʻziyev kabi sambochilarimiz oʻz vazn toifalarida “Arnold klassik” multisport festivali chempioniga aylanishdi. Eʼtiborlisi Sherbek Roʻziyev musobaqaning "eng yaxshi sportchisi", deb topildi va maxsus sovringa ega boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring