Arktikada halokatli iqlim oʻzgarishi aniqlandi
AQSH olimlari soʻnggi yigirma yil ichida Shimoliy muz okeanidagi chuchuk suv miqdori 40 foizga oshganligini aniqladilar. Atlantika okeaniga chuchuk suvning kirib kelishi global iqlimga katastrofik taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Olimlarning fikriga koʻra, toza suvning toʻplanishi Arktika muzlarining erishiga salbiy taʼsir etadi.
Hozirgi vaqtda toza suvni Bofort dengizidagi shamollar ushlab turibdi. Bu holat oʻziga xos suv gumbazini hosil qiladi. Agar shamollar kamayib ketsa, toza suv shimoliy Atlantika, shu jumladan Labrador dengiziga kirib boradi. Bu Atlantika okeanidagi katta okean oqimlariga, shuningdek sovuq va iliq suvlarning harakatiga taʼsir qiladi.
Hozirgi kunda Bofort dengizidagi toza suv hajmi avvalgi vaqtdan ikki baravar koʻp miqdorni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suvning Atlantika okeaniga aniq taʼsirini taxmin qilish mumkin emasligiga qaramay, olimlar bu butun Shimoliy yarim sharning iqlimiga jiddiy taʼsir qiladi deb hisoblashmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring