Arxitektura-qurilish sohasida 2 ta universitet tashkil etildi

14:38 09 Noyabr 2022 Jamiyat
1037 0

Foto: Illustrativ surat

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra: 

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.

Universitetlarda oʻquv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

2023-yil 1-martga qadar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro taʼlim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер