“Arbidol”ning narxi qancha?
Pandemiya sharoitida dorixonalarda ayrim preparatlar taqchilligi, narxlarning asossiz oshirilishi kuzatilmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish, real vaziyatni oʻrganish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti reyd tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Shunday tadbirlardan birida hozirda dorixonalarda topish qiyin boʻlayotgan “Arbidol” dorisining 1 qutisi norasmiy 400-600 ming soʻmdan sotilayotgani aniqlandi.
Dori-darmon narxlarini asossiz oshirganlarga nisbatan chora koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring