Aram Vardanyan bronza uchun bahsda yutqazdi

22:51 07 Avgust 2024 Sport
739 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

Aram Vardanyan bronza medali uchun oʻtish bahsida Jazoir vakilini yirik hisobda magʻlub etgandi. Shu tariqa, yurtdoshimiz -77 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun armanistonlik Malxas Amoyanga qarshi bahs olib bordi.

Keskin kechgan bahsda hamyurtimiz Malxas Amoyanga 5:6 hisobida magʻlub boʻldi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Aram Simonovich Vardanyan 1995-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tugʻilgan. Aram Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер