AQSHning harbiy kemasida yongʻin va portlash sodir boʻldi

10:24 13 Iyul 2020 Dunyo
1242 0

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining San-Diyego shahrida joylashgan «Bonom Richard» (USS Bonhomme Richard) kemasida sodir boʻlgan portlash va yongʻin natijasida 17 nafar dengizchi va toʻrt nafar fuqaro jarohat oldi. Bu haqda AQSHning Tinch okean floti qoʻmondoni admiral Filipp Sobek maʼlum qildi.

Sobekning soʻzlariga koʻra, portlash va yongʻin kema ichidagi haroratning koʻtarilishi tufayli yuz bergan. Yongʻin sabablari tergov tomonidan aniqlashtirilmoqda.

Admiral shuningdek, yongʻin pastki yuk kemasida boshlanganini aytdi.

Hodisa oqibatida 21 kishi jabrlangan boʻlib, ularning ahvoli barqaror va jarohatlar asosan, kuyish va zaharlanish bilan bogʻliq.

Sobek shuningdek, kema bortida «bir million gallon yoqilgʻi» (3700 tonnadan ortiq) borligini va oʻt oʻchiruvchilar olovning oldini olishga harakat qilayotganini aytdi.

Yongʻin yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da boshlangan. Kema texnik xizmatda boʻlib, uning bortida taxminan 160 kishi boʻlgan.

Oʻt oʻchiruvchilar va harbiy xizmatchilar voqea joyida ishlamoqda, ammo hali yongʻinni oʻchirishga ulgurishmadi. “17 nafar dengizchi va toʻrt nafar tinch aholiga mahalliy shifoxonada yordam koʻrsatilmoqda. Ularning hayoti xavf ostida emas”, - deb yozdi AQSH harbiy-dengiz floti “Twitter”dagi sahifasida.

San-Diyego yongʻin boʻlimi boshligʻi Kolin Stouellning aytishicha, yongʻin bir necha kun davom etishi va kema “vaterliniyagacha” yonishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, barcha qutqaruv xodimlari va dengizchilar kemani tark etishdi va hozirda olovni tashqaridan oʻchirishga harakat qilishmoqda.

Yongʻin sababi hozircha nomaʼlum.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер