AQSHliklarga saylov haqida gapirish taqiqlandi

13:25 18 Iyul 2025 Dunyo
374 0

Illyustrativ foto

AQSH davlat kotibi Marko Rubio amerikalik diplomatlardan boshqa mamlakatlarda oʻtayotgan saylovlarning adolatli va shaffofligi haqida izoh bermaslikni talab qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi jurnalistlar ixtiyoriga kelib tushgan ichki hujjatga tayanib xabar tarqatdi.

Agentlikning qayd etishicha, bu amaliyot AQSH diplomatiyasining xorijda erkin va adolatli saylovlarni ilgari surish boʻyicha oʻrnatilgan anʼanalariga ziddir.

Shu yilning 17-iyul kuni AQSHning barcha diplomatik vakolatxonalariga yuborilgan hujjatda aytilishicha, Davlat departamenti boshqa mamlakatlardagi saylovlarga oid bayonot va postlarni ijtimoiy tarmoqlarda bundan buyon eʼlon qilmaydi. AQSH tashqi siyosati manfaatlari talab qiladigan hollar bundan mustasno.

“Boshqa davlatdagi saylovlar haqida fikr bildirish oʻrinli boʻlsa, bizning xabarimiz qisqa boʻlishi va gʻalaba qozongan nomzodni tabriklashga qaratilgan boʻlishi kerak”, — deyilgan “maxfiy” deya aytilgan hujjatda.

Hujjatda diplomatlardan saylov jarayonining adolatliligi yoki shaffofligi, uning qonuniyligi yoki demokratik qadriyatlarga taalluqli izohlar berishdan qochishlari soʻralgan.

Saylovlar haqidagi bayonotlar Davlat departamenti vakillaridan berilishi kerak va diplomatlarga oʻz rahbarlarining ruxsatisiz biron-bir bayonot berish taqiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер