AQSHlik ayol qor bosgan mashinaning ichida besh kun yashab, omon qoldi
AQSHning Nyu-Jersi shtatida 77 yoshli ayol besh kun qor bosib qolgan mashinaning ichida yashadi.
“Fox 5” xabariga koʻra, ushbu voqea Nyuark shahrida sodir boʻlgan. Ayol mashinaning ichidan oʻt oʻchirish xizmati tomonidan chiqarib olingan. U tibbiy yordamga muhtoj emasligini bildirgan.
Taʼkidlanishicha, ayolning uyi yoʻq. Shuning uchun u mikroavtobusda yashaydi. Mazkur voqeadan keyin ayol yashash uchun ijaraga uy olishini aytgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring