AQSHdan Oʻzbekistonga kelgan turist soni haqida maʼlumot berildi
2025-yilning yanvar sentyabr oylarida jami 28,6 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha koʻrinish olgan:
- sayohat – 23,6 ming nafar;
- xizmat yuzasidan – 2,4 ming nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 2,1 ming nafar;
- oʻqish – 395 nafar;
- tijorat – 111 nafar;
- davolanish – 11 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring