AQSHda “Tesla” tomonidan robotaksi xizmati ishga tushirildi
Illyustrativ foto
“Tesla” tomonidan AQSHda sinov rejimida xodimlar uchun robotaksi xizmati ishga tushirildi. Bu haqda kompaniyaning “X” sahifasida maʼlum qilingan.
Kompaniya Ostin va San-Fransisko koʻrfazi hududida robotaksi xizmatini korporatsiya xodimlari uchun ishga tushirgan boʻlib, sayohat vaqtida mashina rulida operator ham boʻladi.
Xabarda xizmat qanday amalga oshirilishini koʻrsatuvchi video ham ilova qilingan. Endi foydalanuvchilar maxsus ilova orqali taksini chaqirishlari va eshiklarni ochishlari, sensor ekran orqali marshrutini sozlashi va favqulodda toʻxtash amalini bajarishlari mumkin.
“Tesla” ushbu xizmatni qachon ommaviy foydalanishga taqdim etishini maʼlum qilmagan, ammo mashinalar allaqachon 1,5 mingta sayohatni amalga oshirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring