AQSHda politsiya robot iti jinoyatchini qoʻlga oldi
Joriy yilning 8-noyabr kuni erta tongda Los-Anjeles politsiyasiga avtobusda qurollangan odam borligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, Los-Anjeles (AQSH) politsiyasi qurollangan jinoyatchi boʻlgan avtobusga “Boston Dynamics“ toʻrt oyoqli robotini yuborgan.
Robot itni koʻrgan jinoyatchi taslim boʻlgan va soat 6:40 atrofida hibsga olingan.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, oʻqotar qurol pnevmatik toʻpponcha ekanligi aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring