AQSHda oʻnlab muhojirlarning jasadlari ortilgan yuk mashinasi aniqlandi
Foto: Reuters
AQSHning Texas shtatida San-Antonio shahrida yuk mashinasi ichidan 46 nafar muhojirning jasadi topildi. Transport vositasida yana 16 kishi boʻlgan va ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. Kasalxonaga olib ketilganlarning toʻrt nafari yosh bolalar ekani aytilmoqda.
Oʻnlab jasadlar boʻlgan furgon shahar chetidagi temir yoʻl yaqinida turgan boʻlgan. 27-iyun, dushanba kuni San-Antonioda havo harorati Selsiy boʻyicha 39,4 darajaga yetdi. Manbada qurbonlarning millati rasman aytilmagan. Shunga qaramay, Meksika konsulligi vakillari voqea joyiga yetib kelgan.
Ularning oʻlimiga nima sabab boʻlgani haqida ham maʼlumotlar yoʻq.
Soʻnggi yillarda AQSH — Meksika davlat chegarasida 35 yil ichida rekord darajadagi noqonuniy muhojirlar oqimi kuzatilmoqda. AQSH chegara va bojxona xizmati 2021-yilda 1,7 million nafar qoidabuzarni hibsga oldi. Bu Amerika prezidenti va boshqa yuqori martabali siyosatchilarga koʻplab tanqidlar yogʻilishiga sabab boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring