AQSHda koʻz tomchilaridan zaharlanganlar soni 81 taga yetdi

12:04 23 May 2023 Dunyo
900 0

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining (CDC) xabar berishicha, zaharlangan koʻz tomchilari sabab boʻlgan bakterial infeksiyalar bilan kasallanganlar soni 81 taga yetgan. Mart oyida kasallanganlar soni 68 ta edi. CDC maʼlumotlariga koʻra, toʻrt kishi asoratlardan vafot etdi.

Ularning 14 nafari koʻr boʻlib qoldi, yana 4 nafar bemorning koʻz olmalarini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlashga toʻgʻri keldi. Koʻpgina infeksiyalar koʻzlar bilan cheklangan boʻlsada, bakteriyalar qon oqimiga kirganda oʻlimga olib kelishi mumkin. "Bular halokatli va hayotni oʻzgartiruvchi infeksiyalar", dedi CDC ning mikroblarga qarshi preparatlarning barqarorligi boʻyicha guruh boshligʻi Maroyya Spolding Uolters.

Koʻpgina bemorlar turli markadagi koʻz tomchilaridan foydalanganliklarini aytishgan boʻlsada, infeksiyalanganlar orasida keng tarqalgan brend EzriCare Artificial Tears ekanligi aniqlandi. EzriCare koʻz tomchilarining ochiq flakonlarida ham bemorlardan olingan namunalar bilan bir xil bakteriyalar borligi aniqlangan. EzriCare mahsulotlari Hindistonda Global Pharma Healthcare tomonidan ishlab chiqarilgan va asosan onlayn sotilgan. Tibbiyot regulyatorlari odamlar bu mahsulotni, shuningdek, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan koʻz tomchilari va malham shaklidagi Delsam Pharma mahsulotlarini ishlatishni toʻxtatishlari kerakligini aytdi.

Fevral oyida Global Pharma ushbu uchta mahsulotni qaytarib olganidan bu koʻrsatkich pasayganligiga qaramay, CDC kasallanganlar soni yanada ortib borishi mumkinligini aytib oʻtdi. Infeksiyalar Pseudomonas aeruginosa bakteriyasining oʻziga xos shtammidan kelib chiqadi. U bilan koʻp hollarda standart antibiotiklar bilan kurashish qiyin va baʼzida umuman samarasiz.

Oʻtgan yilgacha bakteriyalarning bu oʻziga xos shakli Qoʻshma Shtatlarda hech qachon qayd etilmagan. Hozirda Amerikaning 18 ta mintaqasida holatlar aniqlangan. AQSHdan tashqarida ana shu bakteriyalar bilan kasallanish holatlar hali aniqlanmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер